O‘zbekistonning 24 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE Sustainability… — 💎𝐌𝐚𝐭𝐞𝐦𝐚𝐭𝐢𝐤 𝐊𝐢𝐭𝐨𝐛𝐥𝐚𝐫💎📖 — TG.ME

Forwarded fromXUXushnudbek.uz

❗️O‘zbekistonning 24 ta oliy ta’lim tashkiloti “THE Sustainability Impact Ratings 2026” reytingida TOP-1000 talik ro‘yxatga kirdi Ushbu reytingda mamlakatimizdagi 50 ta oliygoh qayd etildi. Shundan 24 tasi dunyoning TOP-1000 talik oliy ta’lim tashkilotlari qatoridan o‘rin oldi. Reytingda yuqori natijalarni qayd etgan OTMlar ro‘yxati: ➖ Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 101–200-o‘rinlar; ➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 101–200-o‘rinlar; ➖ O‘zbekiston Milliy universiteti – 201–300-o‘rinlar; ➖ “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 201–300-o‘rinlar; ➖ Buxoro davlat universiteti – 301–400-o‘rinlar; ➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti – 301–400-o‘rinlar; ➖ Termiz iqtisodiyot va servis universiteti – 301–400-o‘rinlar; ➖ Farg‘ona davlat texnika universiteti – 401–600-o‘rinlar; ➖ O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti – 401–600-o‘rinlar; ➖ Toshkent davlat texnika universiteti – 401–600-o‘rinlar; ➖ Toshkent davlat yuridik universiteti – 401–600-o‘rinlar; ➖ Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 401–600-o‘rinlar; ➖ Termiz davlat universiteti – 401–600-o‘rinlar; ➖ Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti – 401–600-o‘rinlar; ➖ International School of Finance Technology and Science – 601–800-o‘rinlar; ➖ Navoiy davlat universiteti – 601–800-o‘rinlar; ➖ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti – 601–800-o‘rinlar; ➖ Samarqand davlat universiteti – 601–800-o‘rinlar; ➖ Toshkent davlat tibbiyot universiteti – 601–800-o‘rinlar; ➖ Toshkent davlat transport universiteti – 601–800-o‘rinlar; ➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – 601–800-o‘rinlar; ➖ Farg‘ona davlat universiteti – 801–1000-o‘rinlar; ➖ O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi – 801–1000-o‘rinlar; ➖ Toshkent farmatsevtika instituti – 801–1000-o‘rinlar. 👉 @xushnudbek 👈

❤6
June 27, 2026 9.1K 13