Xullas, miyamga bir fikr kelib qoldi. BreachForumsdagi keyingi post sud tizimlari haqida bo‘lmasligi evaziga, mening ishimni qonuniy va tinch yo‘l bilan hal qilish masalasida Oliy sud bilan bir kelishuvga erishsak-chi? Men shu kungacha ulardan hech qanday noqonuniy narsa so‘ramadim, noqonuniy talab ham qo‘ymadim. Sudyalarga ham hamma narsani chaynab bergandek, masalani boshidan oxirigacha tushunarli va tayyor holatda taqdim qilgandim. Faqat masala shu darajaga yetib keldiki, sudyalarning harakatlari ortidan bir dunyo xarajat, vaqt va sog‘liqni yo‘qotib, odam oxir-oqibat shunday yo‘l tutishga majbur bo‘larkan. Ishim qonuniy va tinch yo‘l bilan hal bo‘lsa, men ham bu masalani shu yerda yopib, sud tizimlarining texnik holati, ichki tarmoqlar va chala sozlangan gatewaylari bilan bog‘liq mavzularga boshqa qaytmasdan, tinchgina o‘z yo‘limda davom etaman.
Kiber Xavfsizlik: post #8176 — TG.ME
Forwarded fromYetim dasturchi kundaligi
August 25, 2026 140