Kiber Xavfsizlik: post #8175 — TG.ME

Konistitutsiya bo'yicha: Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatdan, siyosiy partiyalardan, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan mustaqil holda ish yuritadi. Sud majlisida meni ensamni qotirgan narsa nima bo'ldi bilasizmi? Sudyaning xotin qizlar qo'mitasiga nima deb javob beramiz degan gapi. Bu gapdan kelib chiqsak sudlar ertaga mahalla va tuman hokimligi oldida statistika uchun hisobot berib o'tiriptimi? Sudya ishning mohiyati bilan emas, boshqa tashkilotning gapi bilan ish tutishi kerakmi? Agarda boshqa vaj desak ham buyam sud majlisida FPK 211ni buzadi. Menku ertaga shunday vaziyatda sudyaga ham gap tegmasin deb FPK 193-modda bo'yicha arizaga alohida iltimosnoma kiritib qo'ygandim. Lekin shundayam qovun tushirishgan, sababi arizadagi iltimosnoma bajarilgani haqida sudya FPK 233 va 277 bo'yicha bayonnoma berishi kerak. Undanam dahshatlisi sud vaqtida ilova qilingan muhim hujjatning yo'qligi va sudyaning u bilan tanishib chiqmagani, pechat qilib olamiz deb sud ishiga 1 soatlik tanaffus bergani. Adolat portalini ozgina debugger bilan titkilab chiqsangiz read_at=null degan yozuvni ham ko'rib iye rostdanam sudya o'qimaptiku degan xulosaga yana bir bora ishonch hosil qilasiz. Mayli bazan inson faktorini tushunsa bo'lar. Ammo sudya qarorda ham bu hujjatlarni absolut ko'rmaganini isbotlovchi harakatlarni amalga oshirib qo'ygan bo'lsa, uje miyyangizga plakat ko'tarib stadiondagi gapni aytishdan boshqasi kelmay qolarkan. Meni nazarimda faqat O'zbekiston mustaqil bo'lganiga 35 yil bo'lgan. Sud hokimiyati emas. Yoki ular mustaqilmiz deb hech narsaga bo'y sunmay qo'yishgan, qonunlarga ham.

August 24, 2026 176