Yaqinda davlat rahbari tomonidan sudlarga ishonch yo'qligi mavzusi gapirilgan edi. Shu gap aytilishidan bir necha kun oldin bir sudya tomonidan 25 ta qonun moddasi talablariga rioya qilmagan sud xulosasini o'qib ensam qotgandi. Bir hafta o'tib esa sud tizimidagi boshqa kamchilikga yana hayron bo'lyapman. Agarda siz ishni adolat portali orqali berayotgan bo'lsangiz formalarni to'ldirish oxirida sizga tayyor kvitansiyalar generatsiya qilinadi va to'lov qilsangizgina ishni jarayonga yubora olasiz. Ya'ni portalni o'zi ma'lum darajada to'lovlarsiz murojaat ketishi oldini oladi. Lekin sizda shu kvitansiya generatsiya bo'lmasa yoki portalni o'zi ehtiyoj yo'qdek ma'lumot bersa, ish yuborilib keyin sudya tomonidan qabul qilingach "Davlat boji to‘g‘risidagi qonunning 8-moddasiga asosan ozod etilgan" deb tursachi? Mendagi holatku o'zi bu moddaga tushmas edi, o'zim ham boshidan hayron bo'lgandim, yoki sudya qilgan xatosiga qarab himmat qilib ozod qilvordimi deb kulgandim. Oxirida qarasam to'lamagan deb rad qilishipti, baribir bu zotlar odam bo'lmaskan deb qo'yaqoldim. Bu holatlarni kuzatib yaxshi g'oya kelgandi, sud.uz ning biror sub domainida sudyalarni oddiy fuqarolar tomonidan baholash tizimi qilinsa qanday bo'larkin? Albatta bu tinderdagi kabi yurakcha bosib o'tiradigan tizim bo'lmaydi. Google reviewkabi sabablar bilan baholash mexanizmi bo'lishi kerak (block chain asosida) va yomon review olgan sudyalar har doim xalq oldida sharmandalarcha turishi kerak. Menimcha ana shundagina ularni ishini xalq bilan baholab bo'ladi. O'sha kungi selektorda to'g'ri aytilgan edi aslida, haqiqatdan ham O'zbekiston aholisini sud tizimiga absolut ishonchi mavjud emas, sud binosida o'tirgan judayam ko'p xodimlar qonunlardan va protseslarni yuritishdan xabardor emas. Sud eshigini oldida pulini bermasang ishingni hal qilishmaydi degan gapni esa eshitish normal holat bo'lib qolgan. Oliy sudni bunday shikoyatlarni qayta ishlaydigan mexanizmidagilar esa choy damlaydigan jinga o'xshaydi.
Kiber Xavfsizlik: post #8174 — TG.ME
Forwarded fromYetim dasturchi kundaligi
August 24, 2026 159