🌿 Tunda saksovul butalarini noqonuniy sindirib olayotgan fuqaro aniqlandi
Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining tezkor guruhi tomonidan 2026-yil-5-oktyabr-kuni Tomdi tumani cho‘l hududida olib borilgan tungi nazorat-reyd tadbiri davomida fuqaro J.B. o‘ziga tegishli «Ford» rusumli avtomashinasida saksovul butalarini noqonuniy ravishda sindirib, olib ketayotgan vaqtda aniqlandi.
Mazkur holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK 79-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy chora qo‘llanildi va BHMning 25 baravari — 11 million so‘m miqdorida jarima belgilandi.
Shuningdek, saksovul o‘simliklariga yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinib, tabiatga 6 million 160 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlandi.
⚠️ Eslatma: cho‘l hududlarida o‘sadigan saksovul tabiiy ekotizimning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uni noqonuniy kesish, sindirish yoki shikastlash cho‘l ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

October 6, 2026 22.6K 2