Xatirchida 9 ta ekologik qonunbuzilish aniqlandi
Ekopolisiyaning Xatirchi tuman bo‘limi xodimlari tomonidan sentyabr oyining 20 kunligi davomida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida tuman hududida 9 ta holatda fuqarolar tomonidan qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olish va yuklash holatlari aniqlanib, tegishli tartibda to‘xtatildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 39 mln 600 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilishi belgilandi.
Shuningdek, tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish oqibatida tabiatga 2 mln 200 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani hisoblandi.
Navoiy viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
September 29, 2026 22.9K 4



