NAVOIY SHAHRINING BA’ZI HUDUDLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI
“Kimyogar” MFY hududida joylashgan №1 sonli yuqori bosimli gaz taqsimlash qurilmasini texnik taftishdan o‘tkazish, ushbu GTQ ga keluvchi d-325 mmli yer osti yuqori bosimli gaz quvurida o‘rnatilgan jo‘mraglarni texnik taftishdan o‘tkazish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy yil 10- sentyabr kuni soat 00-00 dan 11 sentyabr kuni soat 18-00 gacha “Navoiy-1” GTS “Shahar-1” aholi tarmog‘i orqali Navoiy shahar “Kimyogar”, “Ishonch”, “Vatan”, “Chinor”, “Mustaqillik”, “Turon”, “Meʼmor”, “Xoncharbog‘”, “Farovon”, “Maʼrifat”, “Ziyokor”, "Yangi hayot", “O‘zbekiston”, “Zarafshon”, “Bunyodkor”, “Binokor”, "Oltin vodiy", “Xumo”, “Matonat”, “Orzu”, “Lochin”, “Umid”, “Bahor”, “Muruvvat”, “Yoshlik”, "Yangi ariq", "Hosil BUSH" va “Janubiy” MFY lardagi jami 39465 ta aholi xonadonlari hamda 630 ta ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatilishini maʼlum qilamiz.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta‘minoti filiali iste‘molchilardan uzr so‘raydi.
✍️ "Hududgaz Navoiy" gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

September 9, 2026 23.5K 38