TO‘YGA TO‘YONA: MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA 35 TA TA’LIM OBYEKTI… — Markaz24.uz | Navoiy Kanal — TG.ME

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

☑TO‘YGA TO‘YONA: MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGIGA 35 TA TA’LIM OBYEKTI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

🔹Navoiy viloyatida yangi o‘quv yili arafasida 35 ta ta’lim obyekti foydalanishga topshirildi

💠Yurt taraqqiyoti, avvalo, ta’limdan boshlanadi. Maktab va bog‘cha — shunchaki bino emas, kelajak bunyodkorlari kamol topadigan, orzu va maqsadlar qanot yozadigan maskan. Shu bois ta’lim infratuzilmasiga kiritilgan har bir sarmoya — aslida xalqning ertangi kuniga kiritilgan sarmoyadir.

🔺O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi arafasida Navoiy viloyatida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ana shu ezgu maqsadga hamohang.

Quvonarlisi, viloyatda 35 ta ta’lim obyekti foydalanishga topshirildi.

📍Navoiy shahri — 5 ta:

✅“Yoshlik” MFYdagi Al-Xorazmiy nomidagi 504 o‘rinli maktab-internati — 504 o‘rinli o‘quv binosi va 222 o‘rinli yotoqxona;
✅“Umid” MFYdagi 13-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;
✅“Zarafshon” MFYdagi 13-umumta’lim maktabining 810 o‘rinli qo‘shimcha binosi;
✅“Me’mor” MFYdagi 19-umumta’lim maktabining 810 o‘rinli qo‘shimcha binosi;
✅“Mustaqillik” MFYdagi 4-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti.

📍Zarafshon shahri — 2 ta:

✅“Navro‘z” MFYdagi 990 o‘rinli yangi maktab;
✅“Yangi Zarafshon” MFYdagi 9-umumta’lim maktabining 300 o‘rinli qo‘shimcha binosi.

📍Qiziltepa tumani — 7 ta:

✅“Konsurun” MFYdagi 33-umumta’lim maktabi;
✅“Yashnaobod” MFYdagi 37-umumta’lim maktabi;
✅“Arabxona” MFYdagi 16-umumta’lim maktabi;
✅“Azizobod” MFYdagi 42-umumta’lim maktabi;
✅“Xafqoriyon” MFYdagi 14-umumta’lim maktabi;
✅17-umumta’lim maktabining 200 o‘rinli faollar zali;
✅Varozin MFYdagi 18-umumta’lim maktabi — 240 o‘rinli binoni mukammal ta’mirlash va 360 o‘rinli yangi bino qurish.

📍Konimex tumani — 1 ta:

✅“Boymurot” MFYdagi 34-umumta’lim maktabining 120 o‘rinli yangi binosi.

📍Karmana tumani — 4 ta:

✅“Allon” MFYdagi 20-umumta’lim maktabining sport zali;
✅“Yangi Varq” MFYdagi 6-umumta’lim maktabi;
✅“Ziyokor” MFYdagi 15-umumta’lim maktabi;
✅“Varq” MFYdagi 31-umumta’lim maktabi.

📍Navbahor tumani — 7 ta:

✅“Yangiyo‘l” MFYdagi 12-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti;
✅“Navkar” MFYdagi 6-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti — mavjud 90 o‘rinli binoni mukammal ta’mirlash va 60 o‘rinli yangi bino qurish;
✅“Yuqori Beshrabot” MFYdagi 34-umumta’lim maktabining 150 o‘rinli oshxonasi va 120 o‘rinli faollar zali;
✅“Qalqonota” MFYdagi 9-umumta’lim maktabining 96 o‘rinli yangi o‘quv binosi;
✅“Mang‘it” MFYdagi 23-umumta’lim maktabi filialining 96 o‘rinli yangi o‘quv binosi;
✅Navbahor MFYdagi 8-umumta’lim maktabi;
✅Burkut MFYdagi 36-umumta’lim maktabi.

📍Xatirchi tumani — 4 ta:

✅“Uchqora” MFYdagi 77-umumta’lim maktabining sport zali;
✅“Yangirabod” MFYdagi 35-umumta’lim maktabining 240 o‘rinli yangi o‘quv binosi;
✅“Madaniyat” MFYdagi 8-umumta’lim maktabining 96 o‘rinli yangi o‘quv binosi;
✅“Kattasoy” MFYdagi 57-umumta’lim maktabi.

📍Nurota tumani — 2 ta:

✅“Nurobod” MFYdagi 330 o‘rinli yangi maktab;
“Qadoq” MFYdagi 60 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti.

📍Tomdi tumani — 1 ta:

“Ayaqquduq” OFY, Qulimbet ovulidagi 10-sonli umumta’lim maktabining 132 o‘rinli yangi o‘quv binosi.

📍Uchquduq tumani — 2 ta:

“Do‘stlik” MFYdagi 4-umumta’lim maktabi;
“Do‘stlik” MFYdagi 13-maktabgacha ta’lim tashkiloti.

🔹Har bir zamonaviy ta’lim maskani — Navoiy viloyatining ertangi kuni yanada bilimli, salohiyatli va raqobatbardosh avlod qo‘lida bo‘lishiga xizmat qiladigan muhim qadam.

⭐️Eng muhimi, ushbu bunyodkorlik ishlari o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratish, pedagoglar faoliyati uchun munosib muhitni ta’minlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.


👌Navoiy viloyati hokimligi
Axborot xizmati
September 5, 2026 22.6K 11