DIQQAT! SOXTA TELEGRAM PROFILDAN OGOHLANTIRAMIZ Navoiy viloyati… — Markaz24.uz | Navoiy Kanal — TG.ME

⚠️ DIQQAT! SOXTA TELEGRAM PROFILDAN OGOHLANTIRAMIZ

Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nurali Safoyev nomidan Telegram ijtimoiy tarmog‘ida soxta profil ochilib, fuqarolarga murojaat qilinayotgani aniqlandi.

Mazkur profildan turli xil firibgarlik, tovlamachilik yoki pul mablag‘larini talab qilish kabi noqonuniy harakatlar amalga oshirilishi mumkin.

❕Fuqarolardan ushbu soxta profilga ishonmaslik, undan kelayotgan xabar va murojaatlarga javob bermaslik hamda pul mablag‘larini yubormaslik so‘raladi.

Shuningdek, shubhali murojaatlarga duch kelgan fuqarolardan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Ogoh bo‘ling! Firibgarlarga aldanib qolmang!
September 1, 2026 22.7K 2