Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti yoshlar yetakchisi faoliyati… — МАРЖОНА АКМАЛХАНОВНА — TG.ME

Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 17-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yoshlar yetakchisi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyati tanqidiy-tahliliy o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash tizimi; yoshlar yetakchisining faoliyati va ish samaradorligi; yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish; ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, sport va intellektual tadbirlar; yoshlar muammolarini aniqlash va ularga manzilli ko‘mak ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatidagi ijobiy natijalar bilan bir qatorda, mavjud muammo va kamchiliklar ham tahlil qilinib, ularni bartaraf etish hamda faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
👍2❤1
August 25, 2026 64