Bugun “jichcha” ko’proq yozaman)
Kecha video ko’rib qoldim.
Videoning mazmuni hamma odamlar “Gen Z o’qimayabdi!” degan bir paytda bizda qanchadan qancha muvaffaqiyat keyslari bo’layotgani va yoshlar qanchalik avval erishmagan yutuqlarga erishayotgani haqida edi. Va oxirida “hali bizga qo’yib bering va biz buni isbotlaymiz” kabi so’zlar bilan tugallangan.
Bu gapda jon bor. Lekin, qo’shimcha qilmoqchiman.
Rostanam, biz avvalgi erishilmagan yutuqlarga erishayotganimiz. Yoshlar xalqaro olimpiadalarga chiqishyabdi, oldingidan ko’proq top universitetlarga kirishyabdi, imtihonlardan eng yuqori natijalarni qayd etishyabdi. Milleniallar 30-40 yoshida erishgan yutuqlarga 20 yasharlarida erishyabdi.
Lekin bizda ikkinchi guruh ham bor. Hayot instagramda ko’rsatilgandek oq-qora deb o’ylaydigan, mantiqsiz videolar reelslar ta’sirida fikrlaydigan, “ketmoni uchishini kutib” harakat qilmaydigan, va qilsayam eng katta maqsadi FAQAT ko’p pul topib nimanidir “isbotlamoqchi” bo’lgan yoshlar.
Bir avlodning ichida ikkita avlod yashayapti. Bittasi yuqoridagilar. Ikkinchisi o’sha yutuqlar haqidagi videoni ko’rib, like bosib, keyin yana 3 soat scroll’ga qaytayotganlar.
Buni post qilib yozayotganimning sababi rostanam farq hayratlanarli darajada katta. Siz ham sezganmisiz shuni ?
Eng achinarli tarafi bu ikki guruhda farq faqat IQ, yuqori salohiyat, yoki tankada emas.
Bu tafovut klassik holatda oilaviy muhit, travmalar, va mindset har xilligi oqibatida bo’ladi. Lekin, aynan hozir bu listga yana ikki faktorni qo’shib ketgan bo’lardim. Hozirgi ma’lumot va algoritmlar dunyosida eng katta valyuta bu diqqat. Birinchi guruhdagi Z avlod odatda diqqatini boshqara oladi. Ikkinchi faktor bu millionlab axborotlar orasida “bu mumkin” degan xabarni olish. Aslida siz 15 yasharingizda “top universitetga tekinga o’qish mumkin” degan xabarni olganingizni o’zi katta muvaffaqiyat. Masalan, men SAT haqida ikkinchi kursimda bilganman. Odatdagidan ancha kech. Va qo’shimchasiga agar bunga ishonib harakatni boshlasangiz avvalgidanda ko’proq foizlarda bunga erisholasiz.
Va mana shu yerda eng muhim narsa. Bu ro’yxatdagi hech narsa yakuniy hukm emas.
Muhitni va uning oqibatidagi qarashlaringizni tanlamagansiz, to’g’ri. Lekin diqqatni boshqarishni bugundan qila olasiz. “Bu mumkin” degan xabarni esa mana, hozir olyapsiz.
Demak ikkinchi guruhda bo’lish sizni qismatiz emas. U shunchaki hozirgi nuqtangiz bo’lishi mumkin. Va nuqtadan chiziq boshlanadi. Qaysi tomonga chizishni endi siz belgilaysiz.
122
49
13
12
7
4
2July 17, 2026 10.5K 21 41