Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi… — MARHAMAT_BUGUN — TG.ME

1️⃣ Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari hamkorligida Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi, 2000 y.t. shaxs o‘zining boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtotransport vositasida tadbir ishtirokchilarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan qochishga urinib, avtomashina salonida bo‘lgan 2 dona o‘ramdagi shubhali moddalarni uloqtirib yuboradi.

So‘ngra, transport vositasi to‘xtatilib, uning salonidan qo‘shimcha yana 2 dona hamda mazkur shaxs qabul qilib olishi kerak bo‘lgan geolokatsiyadan esa 1 dona o‘ramdagi shubhali moddalar olindi.
😱1
September 4, 2026 2.2K 14