38-Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta… — Magic Slides — TG.ME

Forwarded fromXUXushnudbek.uz
🏅 38-Xalqaro informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqada terma jamoamizning barcha to‘rt nafar a’zosi faxrli o‘rinlarni egalladi. Jumladan:

🥈Jahonali Xaydaraliyev — Toshkent shahri, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — kumush medal;

🥉Jahongirshoh Avazxonov — Namangan shahri, Prezident maktabi — bronza medal;

🥉Timur Kadirbergenov — Nukus shahri, Prezident maktabi — bronza medal;

🥉Ulug‘bek Rahmatullayev — Namangan shahri, Prezident maktabi — bronza medal.

O‘zbekiston mezbon sifatida ushbu olimpiadada qo‘shimcha terma jamoa bilan ham qatnashdi. Ushbu jamoa a’zosi — Navoiy shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sardorbek Salimov Honorable mention e’tirofiga sazovor bo‘ldi.


👉 @xushnudbek 👈
⚡12❤7
August 14, 2026 5.3K 1 5