Siz mening hayotimdagi eng aziz, eng mehribon va eng qadrli insonimsiz. Har bir duoyingiz, mehringiz va bergan tarbiyangiz uchun Sizdan bir umr minnatdorman.
Onajon, doimo sog‘-salomat bo‘ling, umringiz uzoq, qalbingiz xotirjam, yuzingizdan tabassum arimasin. Biz farzandlaringizning baxt-u kamolini, yaxshi kunlarimizni ko‘rib, doimo faxrlanib yuring.
Allohim Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilamiz davrasida ko‘p-ko‘p baxtli kunlarni nasib etsin. Har bir kuningiz bayramdek go‘zal o‘tsin.
Dadam bilan qo'sha qarib 100 yoshga kiringizlar
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, mehribon Onajonim!
Sizni juda yaxshi ko‘raman!


