Toshkentda o‘quvchi temir braslet yutishga majburlandi Holat… — Kun.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

Toshkentda o‘quvchi temir braslet yutishga majburlandi
 
Holat Yashnobod tumanidagi 151-maktabda sodir bo‘lgan: 3-sinf o‘quvchisi hojatxonaga chiqqan vaqtda yuqori sinf o‘quvchilari uning og‘ziga temir braslet solib yuborgan.
 
Bola oradan 3 kun o‘tib, kuchli og‘riqlar bilan shifoxonaga olib borilgan. Rentgen tekshiruvida uning ichki organlarida metall buyum borligi aniqlangan. O‘quvchi 3 soat davom etgan og‘ir jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.
 
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/82631476

Kun.uz rasmiy kanali
😭54🤯51❤13🔥1👏1
September 7, 2026 14.1K 38