To‘y taklifnomasi” – Telegram’da zararli APK fayllari ko‘paymoqda… — Kun.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

“To‘y taklifnomasi” – Telegram’da zararli APK fayllari ko‘paymoqda  
 
O‘zbekistonda kiberjinoyatlarning katta qismi zararli APK fayllari bilan bog‘liq. Bunda turli bonus va yutuqlar va’dasi, to‘y yoki bayram taklifnomasi, umuman, qiziquvchanlikka asoslangan har qanday chaqiruv tuzoq vazifasini bajarmoqda.
 
APK fayllarni ochish uyga tushayotgan o‘g‘riga xonadon kalitini berib, “istagan narsangizni olib chiqib ketavering”, deyishday gap. Chunki, kiberfiribgarlar aynan foydalanuvchining ruxsati (faylni ochishi) bilan o‘g‘rilikni amalga oshira oladi.
 
O‘g‘irlangan narsalar shaxsiy ma’lumotlar, akkaunt yoki bank kartasi boshqaruvi, undagi pul mablag‘lari bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/92357155

Kun.uz rasmiy kanali
❤6👍4🔥3
September 5, 2026 9.1K 50