Toshkentda bir kunda 22 ta YTH ro‘y berib, to‘rt kishi og‘ir… — Kun.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

Toshkentda bir kunda 22 ta YTH ro‘y berib, to‘rt kishi og‘ir jarohatlandi

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ilk marta poytaxtdagi transport harakatining kunlik asosiy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 4-sentabr kuni Toshkent shahrida 22 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lib, ularda 4 kishi og‘ir tan jarohati olgan. Kun davomida 4751 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan.

Poytaxt jamoat transporti (avtobus, metro) bir kunda qariyb 2,1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan. Shaharda kuniga 1,5 millionta transport vositasi harakatlanyapti.

👉 https://kun.uz/91844698

Kun.uz rasmiy kanali
❤11🔥7🤯3👍2😁1
September 5, 2026 10.1K 2