Kambagʻallikni qisqartirishga masʼullar kuchaytirilgan ish rejimiga… — Kun.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

Kambagʻallikni qisqartirishga masʼullar kuchaytirilgan ish rejimiga oʻtadi

Kambagʻallik bilan ishlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinadi, deya eʼlon qildi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Bu tizimda “mahalla yettiligi” uchun masʼul rahbarlar, viloyat va tuman hokimlari hamda banklar kuchaytirilgan ish rejimiga oʻtadi. Har bir viloyat va tumanda hokim boshchiligida shtablar tashkil etiladi.

Oilaviy va yoshlar tadbirkorligi boʻyicha imtiyozli kredit resurslarini boshqarish vakolati tuman shtablariga oʻtkaziladi.

👉 https://kun.uz/20681348

Kun.uz rasmiy kanali
👍103😁13❤10🤔2🤯2
September 3, 2026 9.7K 6