Jizzaxdagi AES loyihasining umumiy qiymati – 9,5 mlrd dollar… — Kun.uz | Rasmiy kanal — TG.ME

Jizzaxdagi AES loyihasining umumiy qiymati – 9,5 mlrd dollar

Jizzaxdagi integratsiyalashgan AES loyihasining umumiy qiymati 9,5 mlrd dollar, shundan mahalliy mahsulotlar ulushi 21 foiz yoki 1,9 mlrd dollarni tashkil etadi, deya ma’lum qildi prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hozir qurilish maydonida 450 nafar ishchi va mutaxassis, 100 dan ziyod maxsus texnika ishlayapti. Shavkat Mirziyoyev loyihada mahalliy mahsulotlar ulushini kamida 30 foizga yetkazish vazifasini qo‘ydi.

Forish tumanida alohida sanoat zonasi tashkil etilib, soliq va boj imtiyozlari beriladi. Loyihaning texnik nazorati va mustaqil ekspertizasi uchun yetakchi xorijiy kompaniyalar jalb qilinadi.

👉 https://kun.uz/28481340

Kun.uz rasmiy kanali
👍95🔥32❤19👏10😭5
September 2, 2026 7.6K 7