Andijondagi “G‘amxo‘rlik” markazida nogironligi bo‘lgan bolalar kaltaklandi
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazida tarbiyalanuvchilarga jismoniy zo‘ravonlik qilingan va stolga bog‘lab qo‘yilgan. Kun.uz'ga kelib tushgan videolarda nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan ayovsiz munosabatda bo‘lingani, ular kaltaklangani aks etadi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ko‘ra, holat yuzasidan videolarda aks etgan 6 nafar tarbiyachi va 1 nafar hamshira ishdan olingan, ularni nazorat qilishi kerak bo‘lgan mas’ullarga intizomiy chora ko‘rilgan. Lekin holatga huquqiy baho berish masalasi ochiq qolmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/53123749
Kun.uz rasmiy kanali
71
28
5
4
2September 2, 2026 9.4K 34

