Toshkent shahar Uchtepa tumani 23-mavzedagi mehmonxonada yong‘in… — Kun.uz | Online — TG.ME

Toshkent shahar Uchtepa tumani 23-mavzedagi mehmonxonada yong‘in chiqdi.

Qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan.

Kun.uz’ga ma’lum qilinishicha, mehmonxona hozirda faoliyat yuritmaydi. Yerto‘ladagi saunani tekshirish chog‘ida texnik nosozlik chiqib, yong‘in sodir bo‘lgan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagani aytilmoqda.

👉 @kunonline
❤10🔥7😢3🤨1
July 4, 2026 27.9K 36