Hurmatli Kosonsoy tumani aholisi! Aholiga yanada qulaylik yaratish… — Kosonsoyliklar - Rasmiy Kanal — TG.ME

Hurmatli Kosonsoy tumani aholisi!

Aholiga yanada qulaylik yaratish, murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda suv ta’minoti xizmatlaridan foydalanishda qulay sharoit yaratish maqsadida “Namangan suv ta’minoti” AJ Kosonsoy tuman filialida dam olish kunlari — shanba va yakshanba kunlari ham ish faoliyati tashkil etilganligini ma’lum qilamiz.

💧 Ish kunlari: Shanba va yakshanba
⏰ Ish vaqti: 08:00 dan 20:00 gacha

Mazkur kunlarda fuqarolar filialimizga tashrif buyurib:

💧 suv ta’minoti masalalari bo‘yicha murojaat qilishlari;
💧 suv hisoblagich ko‘rsatkichlarini taqdim etishlari;
💧 hisob-kitob va to‘lovlar bo‘yicha ma’lumot olishlari;
💧 boshqa xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Shuningdek, @Kosonsoykommunalbot orqali ham murojaatlaringiz qabul qilinib, ko‘rib chiqilmoqda — istalgan vaqtda botga murojaat qilishingiz mumkin.

Aholiga qulay va sifatli xizmat ko‘rsatish — bizning asosiy maqsadimiz!

“Namangan suv ta’minoti” AJ
Kosonsoy tuman filiali
❤46👏9❤‍🔥1😁1
September 19, 2026 16.4K 17