✨️Janubiy Koreyada yo‘l harakati qoidalarini buzganingizda keladigan xabarnomalarda 과태료, 범칙금 va 벌점 kabi tushunchalar uchraydi. Ularning farqini bilish haydovchilar uchun juda muhim.
📌 1. 과태료 — Ma’muriy jarima
📷 Odatda avtomatik kamera yoki radar orqali qoidabuzarlik qayd etilib, haydovchi aniqlanmagan holatda avtomobil egasiga yuboriladi.
✅ Avtomobil egasiga nisbatan undiriladi
✅ Odatda haydovchilik guvohnomasiga 벌점 yozilmaydi
⚠️ Bu 범칙금dan farq qiladi.
📌 2. 범칙금 — Qoidabuzarlik uchun jarima
👮 Politsiya xodimi haydovchini bevosita to‘xtatib, qoidabuzarlikni aniqlaganida qo‘llanadi.
Shuningdek, kamera orqali kelgan 과태료ni avtomobil egasi “qoidabuzarlikni o‘zim sodir etganman” deb haydovchi sifatida tasdiqlasa, ayrim holatlarda 범칙금ga o‘zgartirish mumkin.
⚠️ Bunda qoidabuzarlik turiga qarab 벌점 ham berilishi mumkin.
❗ 범칙금 — 벌금 emas.
벌금 — sud orqali belgilanadigan jinoiy jazo, 범칙금 esa yo‘l harakati qoidabuzarligi bo‘yicha qo‘llanadigan jarimadir.
📌 3. 벌점 — Jarima ballari
🚨 벌점 haydovchining qoidabuzarligi yoki YTH og‘irligiga qarab haydovchilik tarixiga yoziladigan ballardir.
🔴 40 ball yoki undan ko‘p yig‘ilsa, haydovchilik guvohnomasini to‘xtatib turish chorasi qo‘llanadi.
📍 Masalan:
40 ball = 40 kun guvohnomadan foydalanish huquqining to‘xtatilishi.
❌ Guvohnomani bekor qilish mezonlari:
• 1 yil ichida — 121 ball va undan ko‘p
• 2 yil ichida — 201 ball va undan ko‘p
• 3 yil ichida — 271 ball va undan ko‘p
🟢 Ballarning bekor bo‘lishi:
Agar jami 벌점 40 balldan kam bo‘lsa va oxirgi qoidabuzarlik yoki YTHdan keyin 1 yil davomida yangi qoidabuzarlik sodir etilmasa, ballar avtomatik ravishda o‘chirilishi mumkin.
💻 교통민원24 (이파인) orqali
Avtomobil egasi qoidabuzarlikni o‘zi sodir etgan bo‘lsa, ayrim holatlarda 과태료 → 범칙금 tarzida o‘zgartirish imkoniyati mavjud.
⚠️ Muhim: O‘zgartirishdan oldin tizimda jarima miqdori va 벌점 ko‘rsatiladi. O‘zgartirish amalga oshirilgandan so‘ng esa uni qayta 과태료ga qaytarib bo‘lmaydi va qoidabuzarlik haydovchining tarixida aks etishi mumkin.


















