Reels yoki Shorts ko'rishni to‘xtatish nega qiyin?
NeuroImage tadqiqotlariga ko‘ra, qisqa videolarni ketma-ket ko‘rganda miyamizdagi o‘zini nazorat qilish va qaror qabul qilishga mas’ul qismlari dACC va dlPFC kamroq faol ishlay boshlaydi.
Oddiy qilib aytganda, miyamizning “bo‘ldi, endi to‘xta” degan tizimi sustlashadi. Qizig‘i, video yoqmasa ham dlPFC darrov odatdagi holatiga qaytmas ekan. Shu sabab “yana bittasini ko‘ray” degan sikl davom etaveradi.
Tadqiqotchilar glutamat darajasi yuqoriroq bo‘lgan odamlarda bu nazorat tizimi kamroq sustlashishini ham kuzatishgan.
Scroll’ni to‘xtata olmaslik faqat iroda masalasi emas bunda miyadagi real biologik jarayonlar ham qatnashadi.
To'liq qo'llanmani o'qiyman deganlar uchun link
https://surl.li/ehulvm

6
3
3August 26, 2026 303 4