Qanchalik oliyjanob ekanimizni qanday aniqlaymiz? Siz hayvonlarga… — Kitoblarga oid' — TG.ME

Forwarded fromKIKitoblarga oid'
Qanchalik oliyjanob ekanimizni qanday aniqlaymiz?

Siz hayvonlarga, ovqat tashuvchi kuryerga, yoʻlingizda uchragan har bir begona odamga mehribon boʻlishingiz mumkin.

Ammo begonalarga nisbatan yaxshi xulq-atvorda boʻlishimiz bizning asl xarakterimizni koʻrsata olmaydi. Uyimizda qanchalik mehribonmiz, ana shu haqiqiy oʻlchov boʻla oladi. Chunki begonalar bizning tariximizni bilmaydi, ogʻriqlarimizni qo‘zg‘atmaydi. Yillar davomida yuzlashmay kelgan tomonlarimizni bizga ko‘zgudek tutib bermaydi.

Buni turmush o‘rtog‘imiz qiladi.
Buni farzandlarimiz qiladi.
Buni uyimiz ichidagilargina qilishi mumkin.

Aynan shu yerda ko‘pchiligimiz tan olishni istamaydigan noqulay haqiqat bor: agar butun muloyimligimiz faqat begonalar uchun saqlangan boʻlsa, demak bu mehribonlik emas, bu tasavvurimizdagi ideal obrazni boshqarish boʻladi.

Bizning kim ekanimizni do‘kondagi sotuvchiga qilgan muloyim tabassumimiz emas, balki bizni sevadigan inson bilan qanday ohangda gaplashishimiz belgilaydi.
Charchab, boshimiz qotgan paytda farzandlarimizning xarxashasiga qancha sabr qila olishimiz belgilaydi. Yolgʻiz qolishni xohlagan vaqtlarimiz yaqinlarimiz yonimizda bo‘lishni istagan paytda ularga qanday yumshoqlik bilan muomala qilishimiz belgilaydi.

Nikohlar bitta katta xiyonat tufayli yemirilmaydi. Ular kundalik e’tiborsizlikdan, mayda hurmatsizliklardan, har kuni tomchilab yig‘iladigan befarqlik va qo‘pol munosabatlardan sekin-asta qulab boradi.

Begonalarga halimligimiz bizni ularga yoqimli koʻrsatishi mumkin.
Turmush o‘rtog‘imizga, oilamizga mehribonlik esa bizga nisbatan ularning ishonchini oshiradi.

Begonalarga koʻrsatilgan yaxshi xulq obraz yaratadi. Uydagi xushmuomalalik esa haqiqiy xarakterni ochib beradi. Agar hamma joyda oliyjanob bo‘lib, o‘z uyimizdagilargagina illatlarimizni chiqarsak, bu ochiq rol ijro etish. Fazilat niqobiga oʻralgan soxta obrazni gavdalantirish boʻladi xolos.
“Sizlarning eng yaxshilaringiz — o‘z ahli-oilasiga eng yaxshi bo‘lganingizdir.”

©️psycho_spehere

@Kitoblarga_oid
July 27, 2026 246 1