instagramda ozgina book blogerlarni contentini kuzatsam, kitobga bo’lgan rag’batim yanayam oshib ketadi. Hoziram Mahin’ni 5 ta klassik tavsiyasini orasida Remarkni “Uch og’ayni” kitobini ko’rib xotiralarim esimga tushib ketdi.
Bahorlarda o’qigan edim o’sha kitobni. Kutubxonadan olganman, 50 betlar o’qiganimdan keyin judayam qiziqib ketib, ishdan qaytishimda avtobusdayam o’qib kelganman. Nimadir yeb kitob o’qiy olmayman lekin, shu darajada qiziqqanimdan elektron variantini ovqatlanyotganimda to’liq diqqat-e’tiborin bilan o’qiganman. Audiosini esa necha martalab eshitib chiqqanman. Balki hozir undan ko’ra qiziqroq, ma’noliroq va yozilish uslubidan ko’ra afzalroq asarni o’qigandirman lekin o’sha paytdagi hislarim qolganlaridan ko’ra qadrliroq bo’lib qolaveradi.
* Remarkning menga eng yoqqan uchta asari
“Uch og’ayni”
“Lissabondagi tun”
“Qarzga olingan umr”
Forwarded from'
July 8, 2026 183