kitobdan Ba'zan sevilmasligingiz mumkin. Inson sifatida barchamiz… — Kitoblar olami — TG.ME

#kitobdan Ba'zan sevilmasligingiz mumkin. Inson sifatida barchamiz o‘zimizga eng yaxshisini, eng go‘zalini loyiq ko‘ramiz, dunyo biz xohlaganday bo‘lishini istaymiz, yaxshi ko‘rgan insonimiz ham bizni sevsin deb kutamiz. Lekin ba'zan sevilmaslik ham ehtimoldan xoli emas. Har biz yaxshi ko‘rgan inson ham bizni sevadi degan qoida yo‘q. Sevilmayotganini qabul qilish buyuklikdir, ustiga-ustak bu sizning azob-uqubatlaringizga chek qo‘yadi. Yopishqoq xarakterga ega inson shunday deydi: ​"Yo‘q, aslida hozir u meni sevmasligini aytayapti, ket deyapti, lekin aslida hissiy jihatdan hozir u zaif ahvolda..." ​"Hozir u meni tark etdi, lekin aslida bu kunlarda u juda ta'sirchan..." ​"Hozir u menga yo‘qol, ket dedi, lekin aslida bunday..." ​Bahonalarni yig‘ishtiring! Sevgan inson yoningizda bo‘lishning yo‘lini albatta topadi. Agar biror kishi sizga: "Mayli ket, mayli qol, hozir seni xohlamayapman, biroz tanaffus qilaylik", deyotgan bo‘lsa, u sizni haqiqatan ham sevmaydi. Ba'zan sevilmayotganingizni qabul qilishingiz kerak. Sevilmaslikni nafsoniyatingizga qilingan hujum deb qabul qilmang. Hamma ham sizni sevishga majbur emas, siz-chi, nimaga majbursiz? Sizni sevmaydiganlardan uzoq durishingiz kerakki, o‘zingizni seva oling. 📚 @kitoblar1

🔥18🥰5👍3⚡2
August 24, 2026 4.4K