Allohim menga hayotga, ilmga, intilish va orzularga boʻlgan shavqu…

Allohim menga hayotga, ilmga, intilish va orzularga boʻlgan shavqu shauqni (ishtiyoqni) ato etgin.
Allohim, kunlarimni, oʻqishimni va maqsadlarimni oʻzing sevdirib qoʻy, qalbimda oʻrganish va erishish lazzatini uygʻotgin, har bir charchoqqa bir maʼno, har bir qadamga esa bir iz bergin.

Allohim, menga hayotga muhabbat bilan talpinadigan tirik qalb, shijoati sira soʻnmaydigan nafs (iroda) va intilishga arziydigan bir orzu ato etgin.

Allohim, umrimga baraka ber, kunlarimni ilm, oʻsish va muvaffaqiyatlarga toʻldir, menga sira soʻnmaydigan ishtiyoq, meni yaxshiliklarga yetaklaydigan ulugʻ maqsad va butun qalbim bilan yashaydigan hayotni ato etgin.

Ummu Afiyfa
41
October 8, 2026 1.8K 15