“Viloyat hokimi stipendiyasi” tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi
Qashqadaryo viloyati hokimining tashabbusi bilan 2024–2025-o‘quv yilidan boshlab joriy etilgan “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi 2026–2027-o‘quv yilida ham davom ettiriladi.
Mazkur tanlov viloyatdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib, iqtidorli, izlanuvchan va faol yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Tanlov quyidagi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etiladi:
🏅 “A’lochi o‘quvchi”;
✍️ “Ijodkor o‘quvchi”;
📚 “Yosh kitobxon o‘quvchi”;
💻 “IT bilimdoni”;
🤖 “Innovator o‘quvchi va robototexnika”;
🏃 “Sportchi o‘quvchi”.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi:
tuman (shahar) bosqichi;
viloyat bosqichi.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi o‘quvchilardan hujjatlar qabuli boshlandi.
📍 Qo‘shimcha ma’lumotlar hamda hujjat topshirish tartibi bo‘yicha tuman (shahar) Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating


