Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ): post #8459 — TG.ME

📚 Kitobxon yoshlar e’tirof etildi.

Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bir oyda — bir kitob” ko‘rik-tanlovida o‘quv yili davomida bir necha bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan faol kitobxon o‘quvchilar munosib taqdirlandi.

Jumladan, 92-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Baxtiyorov Odilbek hamda 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisi Abdujalilova Sarvinozlarga Kitob tumani hokimi Rustam G‘ofurov hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mansur Joniyev tomonidan tashakkurnoma hamda noutbook sovg‘alari topshirildi.

Mazkur e’tirof yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish, bilimga chanqoq o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning intilishlarini rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.

📖 Bu kabi rag‘bat kitobxonlikka berilayotgan yuksak e’tibor hamda e’tirofning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 Kitob tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi axborot xizmati

👇👇👇
https://t.me/kitobmmtb_axborot
❤2👍1
July 1, 2026 939 2 1