Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ): post #8458 — TG.ME

Forwarded fromMAMAKTAB️
⚡️OʻQUVCHILARNING IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYIDALANISHINI QONUN BILAN TAQIQLASH REJALASHTIRILMOQDA.

Oʻzbekistonda 16 yoshgacha boʻlgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilishi mumkin. Bu haqda 26-iyun kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida oʻtkazilgan tadbirdan soʻng vazir Eʼzozxon Karimova Gazeta muxbiri bilan suhbatda aytib oʻtdi.

Jurnalist dunyoning koʻplab davlatlarida, xususan, qoʻshni Qozogʻistonda ham voyaga yetmaganlarning telefon va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklash boʻyicha tashabbuslar boshlanganini eslatib, Oʻzbekistonda ham shunday qadam tashlanishi mumkinmi, deb soʻradi.

Eʼzozxon Karimovaning taʼkidlashicha, mazkur masala yuzasidan parlament deputatlari va senatorlar bilan oʻzaro muhokamalar oʻtkazilgan hamda qonun loyihasi ishlab chiqib, uni jamoatchilik muhokamasiga qoʻyish rejalashtirilmoqda.

«Biz ham hozir ushbu masalani oʻylayapmiz. Bu boʻyicha deputatlarimiz va senatorlarimiz bilan ham gaplashdik. Qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qoʻymoqchimiz. Bu tartib bizda ham boʻlishi kerak, deb oʻylayman», — deydi vazir.

U bolalarni telefondan toʻliq voz kechtirishning imkoni yoʻqligi, ammo undan foydalanish madaniyatini shakllantirish muhimligini qayd etdi.

«Hozir texnika asri, bolalarimizdan telefonlarni yulib ololmaymiz. Albatta, telefon kerak. Ammo undan foydalanish madaniyati va me’yori ham boʻlishi zarur. Oʻquvchining maktabga kirishdan oldin telefonini qoldirishga oid buyruq chiqqan va odob-axloq qoidalari ham mavjud. Lekin bu qoidalar qayerdadir ishlaydi, qayerdadir esa ishlamaydi. Buni endilikda qattiq nazoratga olib, 16 yoshgacha boʻlgan bolalarimizni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun bilan cheklamoqchimiz», — deydi Eʼzozxon Karimova.

💰Oylik bot

🔰Kanalimizga obuna bo‘ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/maktab_e
Telegram
MAKTAB️
Ushbu kanal o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Faxriddin Tursunov tomonidan yuritiladi. Kanalga xush kelibsiz! Savol va takliflar uchun: @Maktabgamurojat_bot Reklama bo‘yicha: @reklama_da
👍4❤2🔥1
June 30, 2026 1.2K