Qashqadaryo viloyati hokimligi, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Qarshi shahri Kasbiy ko’nikmalar markazi hamda Hanjung madaniyat va ta'lim markazi hamkorligida Janubiy Koreyaning nufuzli Korea–China Cultural Education Institutida tahsil olishga qaratilgan ta'lim loyihasi amalga oshirilmoqda.
2026-yil sentabr qabuli uchun dastur doirasida kamida 250 nafar talabaning o‘qishga qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Dastur doirasida:
✅Koreya universitetlariga hujjat topshirish va qabul jarayonlarida ko‘mak;
✅Pasport, apostil va boshqa zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha maslahatlar;
✅Koreys tilini o‘rganish imkoniyatlari;
✅Iqtidorli talabalar uchun maxsus stipendiya dasturlari;
✅Xalqaro darajadagi mutaxassis bo‘lib yetishish imkoniyati.
Eslatib o‘tamiz!
Qarshi shahri Kasbiy ko‘nikmalar markazida har hafta chorshanba va juma kunlari Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirokida qabul kunlari o‘tkaziladi.
Qabul va maslahatlar soat 10:00 dan 16:00 gacha davom etadi.
Ro’yxatdan o’tish 👉 bu yerda
‼️Oxirgi muddat 30-iyun
Aloqa uchun:
55-401-61-70
97-719-97-73
77-735-73-33
93-903-72-73
Bizni kuzating


