Kit0bim📚: post #15092 — TG.ME

Dinimiz ahkomlarini o'rganib borsak,  bu din insonning sof fitratiga muofiq , munosib ekaniga ishonchimiz komil bo'lib boraveradi.Nikoh masalalaridagi hukmlar insonning inson sifatidagi hayot kechirishi izzat-ikrom bilan ko'payib ,nasl- nasabga turli shubha gumonlar aralashmasligi e'tiborga olingan.
Nikoh haqidagi ushbu muhim ma'lumotlar ba'zi tavsilotlar bilan tanishar ekansiz ,oila masalasiga dinimizda naqadar katta ahamiyat berilganini farzandlrlarimizni oilaviy hayotga tayyorlashda bu ma'lumotlarga qanchalik muhtojligimizni , o'tgan mustabid tuzumi davrida dinimizdan naqadar uzoqlashtirib yuborilganimizni tushunib yetamiz . Mana shu ahkomlarni yaxshi bilmaganimiz uchun bugungi kunda oilalar parokanda bo'lib ajrimlar soni ko'payb ketayotgani hech kimga sir bo'lmay qoldi. Shunday ekan, ushbu kitobmiz har bir xonadonda o'qilishini , dinimizning oilaviy hayotga oid ahkomlarini  har bir yurtdoshimiz ,har bir yigit qiz har bir ota ona bilishini istar edik.
August 29, 2026 14