Milliy_sertifikat Umumtaʼlim fanlardan navbatdagi milliy sertifikat… — KIMYO VODIY ZIYO — TG.ME

#Milliy_sertifikat

Umumtaʼlim fanlardan navbatdagi milliy sertifikat imtihonlari sanalari belgilandi

🔶 Geografiya, ona tili va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar eʼlon qilindi.

📆 Unga ko‘ra, imtihonlar 2026-yil 23-26- va 31-oktyabr kunlari o‘tkaziladi, jumladan:

✔️ 23-oktyabr kuni geografiya fanidan;
✔️ 24–26-oktyabr kunlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) va adabiyot fanidan;
✔️ 31-oktyabr kuni tarix fanidan.

💼 Bunda geografiya fanidan imtihonlar elektron shaklda o‘tkaziladi.

🆔 Test sinovlarida ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomani my.gov.uz veb-saytidagi “Mening arizalarim” bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin. Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan sana, vaqt va manzil ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtda ruxsatnomada koʻrsatilgan manzilga yetib kelishlari so‘raladi.

🪪 Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kiritiladi.

✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
October 20, 2026 793