Konkurs asosiy maqsadi — abituriyentlarga foyda keltiradigan va shunchaki qiziqarli bo‘lgan foydali materiallarni ulashish!
📌 Nima qilish kerak?
Bizga o‘z materialingizni yuboring:
• qiziqarli fakt;
• foydali ma’lumot;
• shpargalka;
• abituriyentlar uchun layfxak;
• boshqa har qanday ma’rifiy yoki ko‘ngilochar material (masalan, o‘zingiz montaj qilgan videorolik).
Ishlar kanalga navbatma-navbat joylab boriladi. G‘olibni obunachilar reaksiyalar orqali aniqlashadi. Eng ko‘p reaksiya to‘plagan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.
⭐ Yulduzcha reaksiyasi yuborilgan yulduzlar sonidan qat’i nazar, bir foydalanuvchidan bitta reaksiya sifatida hisoblanadi.
🏆 1-o‘rin uchun mukofot (birini tanlash kerak):
• 6 oylik Telegram Premium;
• 300 000 so‘m;
• jamoamizdan syurpriz sovg‘a (O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi).
📅
Tanlov muddati:
Ushbu post e’lon qilingan vaqtdan boshlab 11-noyabr kunining oxirigacha.
📖
Material tili
O‘zbek yoki rus tili.(rus tili postlar @mustteachers kanalida joylanadi)
📨
Cheklov
Bir ishtirokchi tanlov davomida ko‘pi bilan 3 ta ish yuborishi mumkin.
🔎
Moderatsiya
Barcha materiallar kanal ma’muriyati tomonidan tekshiriladi. Zarur bo‘lsa, postlarga tahrir kiritilishi mumkin. Ma’muriyat ayrim materiallarni sababini tushuntirmagan holda e’lon qilmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
📋
Ishtirok etish shartlari
Kanalga obuna bo‘lish.
Ushbu e’lonni telegram storizda repost qilish.
🔖
Muhim!
• Ishlar original bo‘lishi shart.
• Plagiat taqiqlanadi. Aniqlangan taqdirda, ish tanlovdan chetlashtiriladi.
• Sun’iy intellektdan xatolarni tuzatish, materialni bezash va matnni tahrirlash uchun foydalanish mumkin.
• To‘liq sun’iy intellekt yaratgan, qolipli iboralardan iborat materiallarning e’lon qilinish ehtimoli pastroq.
📩 Ishlaringizni shu manzilga yuboring:
👉 @mustmod 👈
@mustteachers_uz
