Xayrli tong, aziz o‘quvchilar! Bugun — sizning kuningiz. Boshqalar… — KHISO olimpiada — TG.ME

KHISO olimpiada🔥 Ertangi olimpiadalar uchun yuzlab bilimdon ro‘yxatdan o‘tdi, siz-chi? Ertaga ikki katta bilimlar jangi va oldingi olimpiada taqdirlash marosimi sizni kutmoqda: ⚡️ 1-KHISO olimpiadasi — soat 9:00 da. 🇦🇺 JSEO xalqaro ingliz tili olimpiadasi — soat 10:30…
🌞 Xayrli tong, aziz o‘quvchilar!

Bugun — sizning kuningiz. Boshqalar yakshanbani hordiq uchun o‘tkazishadi, siz esa o‘zingizni sinash, bilimingizni isbotlash va g‘oliblik uchun olimpiadaga ketayapsiz.

Bu — haqiqiy g‘olibning yo‘li. Shu yo‘l bilan siz kelajakdagi yutuqlaringiz sari dadil qadam qo‘ymoqdasiz. Zero, muvaffaqiyat yakshanbani ham o‘z ichiga oladi
⚡️ 1-KHISO olimpiadasisoat 9:00 da.
🇦🇺 JSEO xalqaro ingliz tili olimpiadasisoat 10:30 da;
🥇 17-KHISO (o‘tgan mavsum) va ENSHTEYN xalqaro olimpiadasi taqdirlash marosimisoat 12:00 da;

❗️Har biri hududning KHISO kanaliga ulanib oling. Chunki qo‘shimcha o‘zgarish yoki istisnolar o‘sha kanallarda yoziladi.

📍 Olimpiada o‘tkaziladigan manzillar ro‘yxati: 👉 https://t.me/khiso/5630

❗️ Quyidagi maslahatlarga amal qiling:
🔺 Shoshmang, qanday yechgan bo‘lsangiz javoblar varaqasiga shuni ko‘chiring!
🔺 Savollar kitobchasi sizning mulkingiz, uni o‘zingiz bilan olib chiqing.
🔺 Bugun noto‘g‘ri javob uchun ball ayrilmaydi, shunday ekan barcha savolga javob berishga harakat qiling.
🔺 Eng muhimi, o‘zingizga ishoning!


❓ Savollar bo‘lsa: 💬 @khiso_admin

🏆 Barchangizga omad!

Yuzingiz yorug‘, natijalaringiz baland bo‘lsin! 🚀
Ishoning — bugun siz uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi!
Telegram
KHISO olimpiada
📍 Bu safargi olimpiadalarimiz Respublika boʻylab qaysi manzillarda oʻtkaziladi? Oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida geografiyamizni kengaytirishda davom etyapmiz. Bu safargi manzillar bilan tanishib oling, chunki ba’zi hududlarga yangi manzillar qoʻshilgan…
🔥8❤4
September 6, 2026 1.2K 10