Hurmatli ota-onalar! Ko‘p yillik tajribam davomida bir haqiqatga… — KHISO olimpiada — TG.ME

Forwarded fromSASardor Bazarbaev
Hurmatli ota-onalar!

Ko‘p yillik tajribam davomida bir haqiqatga qayta-qayta amin bo‘lganman: yuqori natija tasodifiy ishtirok bilan emas, muntazamlik va uzluksiz mehnat bilan keladi.

Olimpiada — bu shunchaki medal yoki diplom uchun o‘tkaziladigan musobaqa emas. Har bir olimpiada o‘quvchiga o‘z bilimini sinash, tengdoshlari bilan raqobatlashish, xatolarini tahlil qilish, yangicha fikrlash va keyingi bosqichga yanada kuchliroq tayyorlanish imkonini beradi.

Ayniqsa, matematika olimpiadalari bolaning mantiqiy va analitik fikrlashini, murakkab vaziyatlarda yechim topish qobiliyatini rivojlantiradigan kuchli intellektual maktabdir.

Ingliz tili olimpiadalarining esa bugungi globallashuv davridagi ahamiyati beqiyos. Ingliz tilini mukammal egallash o‘quvchi uchun xalqaro ta’lim, dunyo ilm-fani, zamonaviy texnologiyalar va global imkoniyatlar eshigini ochadi. Shu sababli yangi mavsumda xalqaro ingliz tili olimpiadalari sonini ham ko‘paytirmoqdamiz.

Shu nuqtai nazardan, yillik olimpiada paketlari farzandi yil davomida muntazam olimpiadalarda qatnashadigan oilalar uchun eng manfaatli imkoniyatlardan biri, deb hisoblayman. Bugungi kunga kelib ko‘plab ota-onalarimiz ushbu imkoniyatdan foydalanib bo‘lishdi va ularning katta qismi aynan PREMIUM paketini tanladi.

Buning sababi oddiy:
Agar farzandingiz baribir yil davomida muntazam olimpiadalarda qatnashadigan bo‘lsa, har safar alohida ro‘yxatdan o‘tish va alohida to‘lov qilish o‘rniga, uning bir yillik ishtirok imkoniyatini oldindan ta’minlab qo‘yish ancha qulay va iqtisodiy jihatdan manfaatli.


So‘nggi kunlarda ayrim ota-onalar bilan suhbatlashib, bu imkoniyat haqida hali ham xabardor bo‘lmaganlar borligini bildim. Shu sababli shaxsan yana bir bor eslatishni lozim topdim.

⏳Bugun — 31-avgust. Yillik paketlarni katta chegirma asosida xarid qilishning SO‘NGGI KUNI.

Agar farzandingiz yangi o‘quv yilida ham olimpiadalarda muntazam qatnashib, o‘z ustida ishlashda davom etishini istasangiz, bu imkoniyatdan foydalanib qolishingizni tavsiya qilaman.

Iqtidorni aniqlash muhim. Ammo uni muntazam sinov, sog‘lom raqobat va mehnat orqali rivojlantirish — undan ham muhim.


Sardor Bazarbaev
Xalqaro olimpiadalar g‘olibi, ko‘plab xalqaro olimpiada g‘oliblarining ustozi, KHISO loyihalari asoschisi, fizika-matematika fanlari falsafa doktori
Telegram
KHISO olimpiada
🔥 YANGI O‘QUV YILINI KATTA IMKONIYAT BILAN BOSHLANG! Yozda biz bir yillik olimpiadalar mavsumi uchun START va PREMIUM paketlarini katta chegirmalar bilan taqdim etgan edik. 🔹 START — 20 tagacha onlayn va 20 tagacha oflayn KHISO olimpiadalarida yil davomida…
👍9❤4🔥1
August 31, 2026 1.3K 1 6