Talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlari o‘rganildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari tomonidan talabalarning ijara xonadonlaridagi yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
Monitoring davomida talabalarning yashash sharoitlari, xonadonlarning sanitariya-gigiyena holati, isitish tizimlari hamda elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish va turli noxush holatlarning oldini olish yuzasidan talabalarga tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday profilaktik tadbirlar talabalarning xavfsizligi va munosib yashash sharoitlarini ta’minlashga xizmat qiladi.
📲 Fakultetning rasmiy kanaliga obuna bo‘ling: @katfvaif25






