Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi! 📝 2026/2027-o‘quv… — Kasbiy ta’lim agentligi — TG.ME

Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi!

📝 2026/2027-o‘quv yili uchun Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlarining kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yakunlari bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilindi.

🔎Natijalarni quyidagi usullar orqali bilish mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali
Abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIRini kiritish orqali yakuniy tanlov natijasini ko‘rish mumkin.
2️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:
Test natijalari qaydnomasi tibbiyot texnikumlariga 2026-yil 3-sentabr kuni taqdim etiladi.

📌 Abituriyentlarga natijalarni belgilangan tartibda tekshirishlarini tavsiya etamiz.

Bizni kuzating

Website | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | X
🔥5❤3👍2🥰1🤩1🙏1
September 2, 2026 6.3K 107