Bayramga ajoyib tuhfa O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm… — O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg'ona viloyat Kengashi | Rasmiy kanal — TG.ME

Bayramga ajoyib tuhfa

O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan mehnatkashlar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, inson qadrini ulug‘lash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

2026-yilgi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” davlat dasturi ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” g‘oyasi asosida xayrli tadbir tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Farg‘ona viloyati birlashgan qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashi binosida tarmoqda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning farzandlariga yangi o‘quv yilida maktabda ta’lim olishlari uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari jamlanmalari tantanali ravishda topshirildi.

Mazkur xayrli tashabbusdan ota-onalar ham, ularning farzandlari ham mamnun bo‘lib, ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘ldilar.

Ayniqsa, yangi o‘quv yili arafasida farzandlar uchun zarur o‘quv qurollarining sovg‘a qilingani ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, ta’lim olishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

Shuningdek mehnat jamoalarida ham bu an’ana davom etmoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida mehnat qilayotgan kam ta’minlangan 3 nafar xodim oilasining farzandlariga yangi o‘quv yili munosabati bilan zarur maktab o‘quv qurollari jamlanmasi topshirildi.

Mazkur ezgu tashabbus oilalarga amaliy ko‘mak berish bilan birga, farzandlarning ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Bu kabi xayrli ishlar kasaba uyushmasining o‘z a’zolari va ularning oila a’zolariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy faoliyatining yana bir yorqin namunasidir.

Sirasini aytganda, kasaba uyushmalari har doim xodimlarning yonida bo‘lib, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida amaliy ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda.

Shu tariqa, o‘quv qurollari jamlanmalarining topshirilishi barchada katta quvonch va ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otib, bayramona xursandchilikka ulanib ketdi. Mazkur ezgu tashabbus mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi sifatida barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurot bag‘ishladi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Farg‘ona viloyati Kengashi

Facebook | Telegram | Sayt
❤3
August 27, 2026 758 2