Kariymulloh: post #893 — TG.ME

Yoshligim tepasida o'tgan o'rik meva bermay qo'yibdi.

Kichikligimda haybat ramzi bo'lgan chinorlar munkayib qolibdi.

Umrimning ramzi kabi shoxlari ham kam qolgan.

Yoshlikda meni ko'madigan ariqlarda to'pig'imgacha ham suv yo'q.

Ufqqa tutashgan dalalar o'rnida uylar.

Umr o'tmoqda...

@kariymulloh
1
May 9, 2026 1.4K 6