Trenddagi geosiyosiy mavzuni olib, uni ijtimoiy tarmoqlardagi trend bilan shunday bog‘lashganki, kontent ham odamlarni ushlab qoladi, ham brend falsafasiga juda mos tushadi.
Eng qiziq joyi — bu video har kimga har xil ta’sir qiladi.
Oddiy tomoshabin shunchaki kreativ video ko‘radi.
Marketingchi — kuchli g‘oya va auditoriya bilan ishlashni ko‘radi.
PR mutaxassisi esa kontent ortidagi ma’no, signal va strategiyani sezadi.
Eng kuchli tomoni — kontent bir vaqtning o‘zida ham bolaga, ham kattaga ishlaydi.
Mana shu haqiqiy storytelling.
Mana shu — kuchli PR. Qayta ko‘rsangiz, yana boshqa detalni payqaysiz.
P.S. Geosiyosatda esa ayrim davlatlarning tajribasi va sabri ko‘pincha vaqt o‘tib bilinadi. Eron juda qadimiy va tajribali o‘yinchi ekanini esa, menimcha, vaqtning o‘zi ko‘rsatadi.
Instagram | Facebook | Youtube | TikTok | Linkedin | VK | X | Threads
