O‘zgarish nimadan boshlanadi?
Ko‘pincha o‘zgarish deganda ko‘z oldimizga katta qarorlar, keskin burilishlar, hayotni ag‘dar-to‘ntar qiladigan voqealar keladi. Go‘yoki yangilanish faqat og‘ir sinovlar, mashaqqatli yo‘llar orqali keladigandek.
Lekin haqiqat boshqacharoq.
Katta o‘zgarishlar shovqin bilan emas, sokin boshlanadi.
Ular kichkina bir qarordan, oddiygina bir qadamdan boshlanadi.
Bugun ertaroq turish.
Bugun bir bet ko‘proq o‘qish.
Bugun bir yomon odatni bir marta kamroq qilish.
Uzoq safar ham birinchi odimdan boshlanadi, deydilar. Ana shu mayda qadamlar vaqt o‘tib, dunyoqarashimizni, odatlarimizni, hatto taqdirimizni ham o‘zgartiradi.
Yaqinlaringiz orasida katta maqsad sari yo‘lga chiqqan kimdir bormi?
Ulashib qo‘ying. Balki ayni paytda unga aynan shu so‘zlar kerakdir.
• Abdukarim Mirzayev
February 13, 2026 679 2 1