10 | 10 | 10 qoidasi
Har birimizning kunimiz qarorlardan iborat. Qaror qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar juda ko‘p, lekin ularning ichida eng oson va samaralisi 10 | 10 | 10 qoidasi, deb o‘ylayman.
Bu qanday qoida?
Oldingizda qandaydir qaror qabul qilish kerak bo‘lgan yo‘l turibdi. Shu yerda o‘zingizga quyidagi savollarni berasiz:
- Shu qarorni qabul qilganim uchun 10 soatdan keyin afsuslanmaymanmi?
- 10 kundan keyin afsuslanmaymanmi?
- 10 yildan keyin afsuslanmaymanmi?
Agar ushbu 3 savol asosida javobingiz "yo‘q, afsuslanmayman" bo‘lsa, demak, katta ehtimol bilan bu qaroringiz to‘g‘ri hisoblanadi!
6October 31, 2025 1.1K 5 1