"Psixologlar kuni” 1994-yil 22-noyabrda Moskva psixologlar jamiyati tomonidan tashkil etilgan. 2000-yil 22-noyabrdan boshlab xalqaro darajada bayram sifatida belgilangan.
Ba’zan insonlar o‘z yaqinlaridan topmagan mehr- muhabbatni, saxiy qalbni, odamiylikni, samimiylikni, fidoyilikni Psixologlardan topadi.
Hurmatli psixologlar! 22-noyabr – “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi jamoasi Sizlarni samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarni bildiradi.