Bundayini hali ko‘rmagansiz: Xitoyda robototexnika bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmada mehmonlar e’tiborini ot ko‘rinishidagi robot tortdi.
Qurilma DaxAI Cyber Horse deb ataladi va ot tanasidagi ulkan robot-itga o‘xshaydi.
Texnologiya hali rivojlanish bosqichida — robotning harakatlari biroz keskin. Shunga qaramay, u allaqachon 300 kg gacha yukni tashiy oladi, 10 km/soat tezlikka chiqadi va bir quvvat bilan 40 km gacha harakatlana oladi.