IT Klaster: post #606 — TG.ME

Yosh iqtidorlarimiz haqida.
Tanishing: Munisaxon Qurbonova


Qarshi Davlat Texnika Universitetining birinchi bosqich magsitranti Munisaxon Qurbonova. Hozirda u Aloqabank tomonidan tashkil qilingan "Dasturchi bo'l" granti sohibasi. Qahramonimiz hozirda payton va sun'iy intellektini o'rganmoqda. Munisa ushbu o'rgangan dasturlash tillari asosida, o'zining "Aqlli uzaytirgich" startap loyihasiga ham asos soldi. Ushbu startap loyiha AI yordamida ishlaydi, hamda, uylarda, korxonalarda yoki boshqa joylarda uzaytirgichni kutilmagan baxtsiz hodisalarda, ortiqcha yuklamalardan va hatto keraksiz elektr sarfi va ishlatilmayotgan qurilmalardan aqlli ravishda o'zi uzib, o'zi yoqadi. Munisaga kelajakdagi ishlariga omad tilaymiz.

Siz ham dasturlash tilini mukammal o'rganib, o'z startapingizga asos solmoqchi bo'lsangiz, IT Klasterga tashrif buyuring!


☎️ 99-688-11-99

IT KLASTER - yangi avlodning boshlanishi

Telegram | Instagram | Manzil
👍9❤5👏3
June 11, 2026 872 7