Ayni vaqtda 50 nafar nomzod saralab olinib, 3 guruhga boʻlingan holda darslarni boshladi. Darslar 3 oy davom etadi, hamda stipendiantlar barcha kerakli oʻquv materiallari bilan ta’minlanadi. Darslar va oʻquv materiallari mutlaqo bepul!
110 nafar iqtidorli nomzodlar, 2-bosqichli saralashdan oʻtib, ulardan 50 nafari grant asosida loyiha ishtirokchisiga aylandi.
Ayni vaqtda ular, sun’iy intellekt asosi hisoblangan Python dastrulash tilini oʻrganishga kirishgan. Yakunda stipendiantlar, xalqaro IT sertifikat bilan bitirishadi hamda nufuzli joylarga ishga kirishga koʻmaklashiladi!
Telegram | Instagram | Manzil







