iTEP imtihoni bu ustozlarga imkoniyat, iTEP INFO shu imtihonni yaqindan tanishtirish, shu imtihonga ustozlarni tayyorlashni maqsad qilgan bir kanal
Yuqorida umumiy mazmunda, asosan iTEP imtihoni oson emasligini tushuntirib yozgan postimiz bir "sigirtabiat" singlimizga juda qattiq tegib ketibdi shekilli, yozganlarida xasadgo'ylik ifori shunday sezilib turibdi. Baza yo'q bo'lib ancha daromaddan qolgan shekilli, bor alamini bizga to'kib sochibdi.
Shunday singiljonlarimizga maslahatim, rizq Allohdan ekanligini unutmang! Qilayotgan har bir ishingizni halol qilsangiz, xarom aralashtirmasangiz Alloh ortig'i bilan barakasini berib qo'yadi. Shunda birovni cho'ntagidagi pulni hisob-kitob qilib yonib-kuyishingizga hojat qolmaydi!
Tuhmat qilishdan ham saqlaning, iTEP INFO kanalida, kurslarida hech ham baza berilmaydi, ochiqcha ham, yashirincha ham. Gumoniz bo'lsa, bizni kursimizda o'qiganlardan so'rab olsangiz bo'ladi. Imtihon savollari 100da 100 tushib paytlarda ham, baza bizda bo'lsa ham u savollarni na kanalimizga, na o'quvchilarimizga taqdim etganmiz.
Birov natijaga erishib ustoz bergan mockdan savol tushdi degan bo'lsa, u bilingki, iTEP Official mockni nazarda tutgan. Bizga ko'zbo'yamachilik, soxtakorlik ortidan keladigan natijalar umuman kerak emas!
iTEP INFO jiddiy kontentga, o'z saviyasiga ega katta kanal. Biz ma'lum shaxslar va kanallarni muhokama qilmaymiz, gapirsak umumiy gapiramiz! Kimgadir tegib ketgan bo'lsa, demak o'sha insonda o'sha biz qoralagan sifatlar bor ekanki, gaplarimiz juda alamli tarzda ta'sir qilgan! Bizga qarshi yozilgan har bir gapni muhokama qilish bizni kanal saviyasiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun ayrim gap tashiydigan do'stlarimiz, uni gapini bu yoqqa tashishdan tiyiling!
Biz monopoliya ham emasmiz, sog'lom raqobatdan qo'rqmaymiz! To'g'ri ishlaydigan, bilim beradigan hech qaysi tutorga hech qanday e'tirozimiz yo'q! Bizni maqsadimiz, halollik va shaffoflik! iTEP ham kimlarningdir kasriga qolib yo'q bo'lib ketishini istamaymiz! Bilimi bori tayyorlansin, olsin, uzoq yillar foydalansin! Bir ikkita tirraqilarni kasriga Aptisni holi tushmasin deymiz!
Hech kimga dushmanligimiz, hech kimga g'arazligimiz yo'q toki o'yin-buzuqilik qilib, nafsiga ergashib butun boshli imtihonni yo'qqa chiqarishga harakat qilmas ekan!
Barcha ilm tarafdorlarini faqat va faqat omadini bersin! Rizq Allohdan hech ham kuyinmang, do'stlar!
👉 @itep_info - iTEP yangiliklari va tayyorgarlik kanali
24
15
6
5
2
2August 27, 2026 2K 16 9