📌 "iTEP juda qiyin, chunki vaqti juda kam!"
Bu eng ko‘p uchraydigan fikrlardan biri.
Aslida esa masalaga boshqa tomondan qarash kerak. 👇
🏃♂️ iTEP'da to'g'ri vaqt qisqa, lekin topshiriqlar ham shunga mos ravishda kam bo‘ladi.
📖 Masalan, Reading:
🔹 IELTS
• Har bir passage: 1200–1500 so‘z
• 1ta passage 13 ta savol
• Jami 3 ta passage 40ta savol
⏱️ Jami: 60 daqiqa, har bir passage uchun 20 daqiqadan
🔹 iTEP
• 1-Part: 250 so‘z + 4 ta savol
• 2-Part: 450 so‘z + 6 ta savol
Jami Readingda 700 so'z + 10 savol
⏱️ Ajratilgan vaqt: 20 daqiqa
Bunda xattoki matndagi so'zlar va savollar soni jihatidan IELTSdan anchagina ixchamroq va savollar soniga nisbatan beriladigan vaqt ko'proq deyishimiz mumkin.
📝 Grammar ham xuddi shunday:
🔹 Aptis Grammar & Vocabulary
• 50 ta savol
• 25 daqiqa
🔹 iTEP Grammar
• 25 ta savol
• 10 daqiqa
💡 Xulosa:
iTEP'da vaqt qisqaroq beriladi, ammo bajariladigan ish hajmi ham shunga yarasha kichikroq.
🎯 Buni 100 metrga yugurish bilan 500 metrga yugurishni solishtirishga o‘xshatish mumkin. Masofa qisqaroq bo‘lsa, vaqt ham qisqaroq bo‘lishi tabiiy.
Shuning uchun iTEP'dan qo‘rqish emas, uning formatiga mos tayyorgarlik ko‘rish muhim. ✅
👉 @itep_info - iTEP yangiliklari va tayyorgarlik kanali

27
6
2August 27, 2026 2.1K 16